O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi
O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlarini ko‘rsatadi hamda AQSh fuqarolari va boshqa xorijiy davlat fuqarolari uchun viza rasmiylashtirish xizmatlarini amalga oshiradi.
🌎 Konsullik okrugi
Bosh konsulxona quyidagi AQSh shtatlarida yashovchi fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi:
-
- Washington
- Oregon
- Idaho
- Montana
Ushbu hududlardan tashqarida yashovchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining Vashingtondagi Elchixonasi yoki Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari lozim.
Vaqtincha konsullik ro’yxati
Kimlar vaqtincha konsullik ro’yxatiga olinadi?
Quyidagi toifadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinadi:
✅ O‘qish
✅ Mehnat faoliyati
✅ Xizmat safari
✅ Davolanish
✅ Oila bilan birlashish
maqsadida AQShda 6 oydan ortiq muddat qonuniy yashayotgan shaxslar.
Kimlar konsullik ro’yxatiga olinmaydi?
Quyidagi shaxslar vaqtincha konsullik ro’yxatiga olinmaydi:
❌ AQShda 6 oydan kam muddat bo’lib turganlar;
❌ Turistik yoki shaxsiy safar bilan kelgan fuqarolar;
❌ Tranzit yo’lovchilar;
❌ Muddati tugagan biometrik yoki nobiometrik pasport egalari.
Mazkur shaxslarga zarurat tug‘ilganda O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtiriladi.
Amal qilish muddati
Vaqtincha konsullik ro’yxati eng ko‘pi bilan 4 yilgacha rasmiylashtiriladi.
Muddat quyidagilarga qarab belgilanadi:
-
- xizmat safari muddati;
- o‘qish muddati;
- mehnat shartnomasi muddati;
- davolanish muddati;
- oila bilan birlashish (4 yilgacha).
Konsullik yig’imi
🟢 Vaqtincha konsullik ro’yxatiga olish bepul amalga oshiriladi.
Ariza topshirish usullari
Quyidagi uch usuldan biri orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Fuqaro Konsullikka oldindan elektron navbat olib keladi.
Kerakli hujjatlar
-
- Barcode’li elektron ariza
- Pasport (asl va nusxasi)
- AQShda qonuniy yashash hujjati (Green Card, Resident Card va boshqalar)
- Maqsadni tasdiqlovchi hujjatlar:
-
- I-20 yoki F-1 (talabalar)
- Mehnat shartnomasi
- Buyruq (xizmat safari)
- Tibbiy hujjatlar
- Nikoh guvohnomasi (zarur hollarda)
-
Voyaga yetmaganlar uchun tug’ilganlik guvohnomasi va pasport nusxalari ham talab etiladi.
Elektron xizmatlar
Elektron ariza
Elektron navbat
e-navbat.mfa.uz
Konsullik ro’yxatini uzaytirish
Agar AQShda qolish muddati uzaytirilsa, konsullik ro’yxati tugashidan kamida bir oy oldin uzaytirish uchun murojaat qilinishi kerak.
Konsullik ro’yxatidan chiqish
Quyidagi hollarda ro’yxatdan chiqish amalga oshiriladi:
-
- boshqa konsullik okrugiga ko’chish;
- xorijdagi vaqtinchalik yashash muddati tugashi;
- fuqarolikni yo’qotish;
- vafot etish.
Ro’yxatdan chiqish:
-
- shaxsan;
- pochta orqali;
- yoki onlayn murojaat orqali amalga oshiriladi.
Muhim eslatma
Vaqtincha konsullik ro’yxatiga olinganingizdan so’ng quyidagi ma’lumotlaringiz o’zgarsa, bu haqda Bosh konsulxonaga darhol xabar berishingiz so’raladi:
-
- yashash manzili;
- telefon raqami;
- elektron pochta;
- familiya yoki ism.