O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari SeaTac shahri boshqaruvchisi Jonathan Young bilan ochiq va mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar.
Muloqot davomida O‘zbekistonning SeaTac shahri, Katta Sietl hududi va AQShning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy qismi bilan aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri SeaTac shahrida O‘zbekistonning ilk Savdo uyini ochish imkoniyati bo‘ldi. Mazkur tashabbus o‘zbek mahsulotlarini AQSh bozorida keng targ‘ib qilish, mahalliy xaridorlar va distribyutorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda eksport hajmini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Savdo uyi O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari va amerikalik biznes vakillari uchun doimiy muloqot maydoniga aylanib, savdo, investitsiyalar, logistika va yangi biznes sherikliklarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi mumkinligi qayd etildi.
Shuningdek, ushbu tashabbusni amalga oshirishning tashkiliy va amaliy jihatlarini kelgusida batafsil o‘rganish hamda manfaatdor kompaniya va tashkilotlarni jarayonga jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bosh konsulxona samimiy qabul va konstruktiv muloqot uchun Jonathan Youngga minnatdorlik bildirib, SeaTac shahri bilan amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.






