{"id":2982,"date":"2026-11-09T04:14:29","date_gmt":"2026-11-09T04:14:29","guid":{"rendered":"https:\/\/uzconsulwa.org\/?p=2982"},"modified":"2026-11-09T04:14:46","modified_gmt":"2026-11-09T04:14:46","slug":"ozbekiston-va-aqsh-yoshlari-ortasida-talim-almashinuvlari-kengaymoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzconsulwa.org\/?p=2982&lang=uz","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va AQSh yoshlari o\u2018rtasida ta\u2019lim almashinuvlari kengaymoqda"},"content":{"rendered":"<div class=\"wpb-content-wrapper\" id=\"wpb-content-root\"><p>[vc_row][vc_column][vc_column_text]<\/p>\r\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning Vashington shtatidagi Bosh konsuli Ahror Burhonov \u201c<strong>Foundation for International Understanding Through Students<\/strong>\u201d (FIUTS) tashkiloti ijrochi direktori <strong>Aleks Radi<\/strong> bilan uchrashdi. Muloqotda yoshlar o\u2018rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, qisqa muddatli ta\u2019lim dasturlari va o\u2018zaro tanishuv safarlarini yo\u2018lga qo\u2018yish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\r\n\r\n<p style=\"text-align: justify;\">FIUTS xalqaro ta\u2019lim va madaniy almashinuv dasturlarini amalga oshirib, xorijiy yoshlarning AQSh universitetlari, kompaniyalari va mahalliy hamjamiyatlari bilan aloqalarini rivojlantirishga ko\u2018maklashadi.<\/p>\r\n\r\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuvda <strong>o\u2018zbekistonlik maktab o\u2018quvchilari va universitet talabalari uchun alohida dasturlar ishlab chiqish<\/strong> taklifi ilgari surildi. O\u2018quvchilar uchun <strong>AQShning Sietl va boshqa yetakchi shahrlariga tashrifi<\/strong>ni ishlab chiqish muhokama qilindi. Tashrif davomida kasb tanlash, yetakchilik ko\u2018nikmalarini rivojlantirish va amerikalik tengdoshlar bilan muloqotga, talabalar uchun esa texnologiyalar, muhandislik va tadbirkorlik sohalaridagi bilimlarni kengaytirishga e\u2019tibor qaratish nazarda tutilmoqda.<\/p>\r\n\r\n<p style=\"text-align: justify;\">Dasturlarga universitetlardagi mashg\u2018ulotlar, ilmiy laboratoriyalar bilan tanishuv, \u201cMicrosoft\u201d va \u201cAmazon\u201d kabi yirik kompaniyalarga tashriflar hamda mutaxassislar bilan uchrashuvlarni kiritish imkoniyatlari ko\u2018rib chiqildi. Shuningdek, AQSh Davlat departamenti qo\u2018llab-quvvatlaydigan almashinuv dasturlarida O\u2018zbekiston yoshlarining ishtirokini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.<\/p>\r\n\r\n<p style=\"text-align: justify;\">Muloqot davomida <strong>amerikalik yoshlarning O\u2018zbekistonga ta\u2019lim va madaniy-ma\u2019rifiy safarlarini tashkil etish<\/strong>ga alohida e\u2019tibor qaratildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish bilan birga, universitetlar va IT Parkka tashriflar, o\u2018zbekistonlik tengdoshlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish taklif qilindi.<\/p>\r\n\r\n<p style=\"text-align: justify;\">Aleks Radi mazkur tashabbusni qo\u2018llab-quvvatlab, Vashington universiteti va Bellevue kollejidagi hamkorlar bilan amerikalik talabalarni ushbu dasturga jalb qilish imkoniyatlarini o\u2018rganishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\r\n\r\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar 2027-yil bahorida AQSh yoshlarining O\u2018zbekistonga, yozida esa o\u2018zbekistonlik yoshlarning Sietlga tashriflarini tashkil etish imkoniyatlarini ishlab chiqishga kelishdi. FIUTS ta\u2019lim dasturlari loyihalarini tayyorlash va manfaatdor muassasalar bilan muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\r\n\r\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday almashinuvlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, do\u2018stona aloqalar o\u2018rnatish hamda O\u2018zbekiston va AQSh o\u2018rtasidagi o\u2018zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\r\n\r\n<p style=\"text-align: justify;\">Eslatib o\u2018tamiz, <strong>FIUTS (Foundation for International Understanding Through Students)<\/strong> 1948-yilda AQShning Sietl shahridagi Vashington universitetida tashkil etilgan notijorat tashkilot. Uning asosiy maqsadi talabalar almashinuvi, madaniyatlararo muloqot va jamoatchilik aloqalari orqali xalqlar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro anglashuvni mustahkamlashdan iborat. Tashkilot yoshlarning yetakchilik ko\u2018nikmalarini rivojlantirish, fuqarolik faolligini oshirish hamda turli mamlakatlar vakillari o\u2018rtasida do\u2018stlik va hamkorlik aloqalarini shakllantirishga ko\u2018maklashadi.<\/p>\r\n\r\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\r\n<p>[\/vc_column_text][\/vc_column][\/vc_row]<\/p><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>[vc_row][vc_column][vc_column_text] O\u2018zbekistonning Vashington shtatidagi Bosh konsuli Ahror Burhonov \u201cFoundation for International Understanding Through Students\u201d (FIUTS) tashkiloti ijrochi direktori Aleks Radi bilan uchrashdi. Muloqotda yoshlar o\u2018rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, qisqa muddatli ta\u2019lim dasturlari va o\u2018zaro tanishuv safarlarini yo\u2018lga qo\u2018yish masalalari muhokama qilindi. FIUTS xalqaro ta\u2019lim va madaniy almashinuv dasturlarini amalga oshirib, xorijiy yoshlarning AQSh universitetlari, kompaniyalari va&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2979,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[80,7],"tags":[],"class_list":["post-2982","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slider_uz","category-news-uz","category-80","category-7","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2982","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=2982"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2982\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2984,"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2982\/revisions\/2984"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/2979"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=2982"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=2982"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzconsulwa.org\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=2982"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}