“Seattle AI Week” doirasida Boş konsulxonamizda ötkazilgan Sun’iy intellekt yönalishida hamkorlik böyicha xalqaro forum qariyb 60 nafar texnologiya, ta’lim, biznes va davlat sektori yetakchi vakilini birlaştirdi.
Microsoft va Meta mutaxassislari, önlab sun’iy intellekt kompaniyalari rahbarlari, Garvard, Vaşington va Şimoli-Şarq universitetlari, Sietl ma’muriyati hamda innovatsion kompaniyalar vakillari özbekistonlik hamkorlar bilan bir maydonda jamlandi.
Yoşlar, startaplar va kundalik hayot uçun amaliy yeçimlar muhokamalarning markazida böldi: zamonaviy kadrlar tayyorlaş, startaplarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş, suvni tejaş, şahar xizmatlarini takomillaştiriş va yöl harakati xavfsizligini oşirişda sun’iy intellektdan foydalaniş.
Forum yakunida Boş konsulxona va Jahon raqamli texnologiyalar akademiyasi — World Digital Technology Academy (WDTA) örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat ekspertlar, universitetlar va kompaniyalar aloqalarini rivojlantiriş, ta’lim taşabbuslari hamda amaliy sinov loyihalari imkoniyatlarini örganişni nazarda tutadi.
Forum Amerika–Özbekiston biznes va investitsiya kengaşi, Boş konsulxona, IT Park Uzbekistan va WDTA hamkorligida taşkil etildi.













