O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Nuvini Group kompaniyasining sun’iy intellekt bo‘yicha bosh direktori (Chief AI Officer) Phoebe Wang bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalariga ixtisoslashgan ma’lumotlar markazlarini (AI Data Centers) tashkil etish, ularning infratuzilmasini rivojlantirish va amaliyotga joriy etish, shuningdek, ushbu istiqbolli yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro tajribani jalb etish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv O‘zbekistonning sun’iy intellekt va raqamli infratuzilma sohasidagi xalqaro hamkorligini kengaytirishga qaratilgan muloqotning davomi bo‘ldi.






