Assalomu alaykum, azizlar!
Men Vashington shtati gubernatori Bob Fergusonman. Vashington shtati xalqi nomidan O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi ochilishi munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llash men uchun katta mamnuniyat va sharafdir.
Bilishimcha, bu O‘zbekistonning nafaqat Vashington shtatidagi, balki butun G‘arbiy sohildagi birinchi konsulxonasidir. Shu bois, sizlarni bu yerda qutlab olish barchamiz uchun alohida sharafdir.
Shuningdek, Vashington shtatidagi birinchi Bosh konsul — Bosh konsul Burhonovni ham tabriklamoqchiman. Sizni va jamoangizni tabriklayman hamda “Doimo yashil shtat” — Vashingtonga xush kelibsiz, deyman.
Ushbu diplomatik vakolatxona savdo va investitsiyalar, texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, madaniyat, turizm hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorligimizni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Gubernator sifatida kelgusidagi hamkorlikdagi ishlarimizni katta umid bilan kutaman. Bilishimcha, mamlakatlarimiz, shuningdek, Vashington shtati va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik uzoq vaqtdan buyon davom etib kelmoqda.
Ushbu sheriklikning yanada rivojlanishini intiqlik bilan kutaman. Yana bir bor sizlarni ushbu nihoyatda muhim voqea bilan tabriklayman va Vashington shtatiga xush kelibsiz, deyman!






