O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasida Black Healthcare Advocate asoschisi va bosh ijrochi direktori Rashad Hart hamda uning jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida insonlarning uzoq va sog‘lom hayot kechirishiga ko‘maklashishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan sog‘liqni saqlash yechimlari muhokama qilindi.
Xususan, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan, foydalanish uchun qulay va keng ommaga mo‘ljallangan raqamli platformaning imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur platforma foydalanuvchilarga salomatlik holatini muntazam kuzatib borish, ehtimoliy xavflarni erta aniqlash hamda profilaktik tibbiy xizmatlarda faolroq ishtirok etish imkonini beradi.
Uchrashuv yakunida ushbu innovatsion yechimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari hamda raqamli sog‘liqni saqlash va profilaktik tibbiyot yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini o‘rganish bo‘yicha fikr almashildi.






