Ajdodlar merosi sizning nigohingizda qanday jonlanadi?
O‘zbekiston Respublikasining Sietldagi Bosh konsulxonasi bolalar, yoshlar va kattalarni o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish hamda san’at orqali mazmunli hikoyalarni ifodalashga taklif etadi.
Ishtirokchilar quyidagi to‘rtta yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin:
🇺🇿 O‘zbekistonni kashf eting
🌍 Markaziy Osiyo
🤝 O‘zbekiston va Sietl: do‘stlik ko‘prigi
✨ Turkiy dunyo ruhi
Tanlov ikki yosh toifasida o‘tkaziladi:
Yoshlar toifasi: 6–17 yosh
Kattalar toifasi: 18 yosh va undan yuqori
🏆 Har bir yosh toifasida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin g‘oliblari alohida aniqlanadi. G‘oliblar maxsus sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida e’lon qilinadi.
📅 Ishlarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 28-avgust
San’at asarlarini pochta orqali yuborish yoki quyidagi manzilga shaxsan olib kelish mumkin: O‘zbekiston Respublikasining Sietldagi Bosh konsulxonasi (1000 2nd Avenue, Suite 3900, Seattle, WA 98104)
Baholash jarayoni xolis va anonim tarzda o‘tkazilishi uchun asarning old tomoniga ism yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarni yozmang. To‘liq ism-familiya, yosh, telefon raqami va elektron pochta manzilini asarning orqa tomoniga yozing.






