◎ KONSULLIK OKRUGI
Bosh konsulxona quyidagi shtatlarda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ushbu hududlarda yashovchi xorijiy fuqarolarga konsullik va viza xizmatlarini ko‘rsatadi:
01
Washington
02
Oregon
03
Idaho
04
Montana
◇
HAMKORLIK
Diplomatik hamkorlik
Bosh konsulxona mahalliy davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, biznes hamjamiyatlari, ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qiladi. Ushbu faoliyat O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
↗
IQTISODIY DIPLOMATIYA
Savdo va investitsiyalar
✓ Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish
✓ O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb etish
✓ Mamlakatning eksport salohiyatini targ‘ib qilish
✓ Ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish
✦
MADANIY DIPLOMATIYA
Madaniyat va turizm
Bosh konsulxona O‘zbekistonning boy tarixi, bebaho madaniy merosi, milliy qadriyatlari va turizm salohiyatini keng targ‘ib qiladi. Shu maqsadda madaniy tadbirlar, ko‘rgazmalar, festivallar, taqdimotlar va turizmga bag‘ishlangan loyihalarni tashkil etishda faol ishtirok etadi.
◎
HAMJAMIYAT
Vatandoshlar bilan hamkorlik
Konsullik okrugida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya etish, milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash hamda O‘zbekiston bilan aloqalarini mustahkamlash Bosh konsulxonaning ustuvor vazifalaridan biridir.
BIZNING MAQSADIMIZ
Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va O‘zbekiston–AQSh hamkorligini mustahkamlash