
Axror Burxanov
O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsuli
Axror Burxanov 2026-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi birinchi Bosh konsuli etib tayinlandi.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi hamda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
O‘z faoliyati davomida Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili sifatida vazirlikning axborot siyosatini muvofiqlashtirish va ommaviy kommunikatsiyalar bilan ishlash masalalariga mas’ul bo‘lgan.
O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida media, jamoatchilik diplomatiyasi, turizm, ta’lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar uchun ham mas’ul bo‘lgan.
Professional diplomat bo‘lib, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik departamenti, Konsolidatsiyalashgan axborot-tahlil departamenti hamda Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahlil markazida ishlash tajribasiga ega.
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini hamda KDI School of Public Policy and Managementda rivojlanish siyosati yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Uch nafar o‘g‘il farzandning baxtli otasi.