O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasida Matison International Export Import Company LLC kompaniyasi prezidenti Kyle Matison bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston mahsulotlarini AQSh bozoriga olib kirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda eksport yo‘nalishida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Amerika kompaniyasi qurilish materiallari, alyuminiy mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari importiga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida eksportga tayyor O‘zbekiston mahsulotlarini aniqlash, ularni AQShdagi importer va distribyutor kompaniyalarga taqdim etish hamda istiqbolli savdo loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.






