O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari B.E.L.L.E. Community tashkiloti hammuassisi va rahbari Anna Hong bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va AQShning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi yetakchi texnologiya kompaniyalari, startap ekotizimi hamda investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, istiqbolli innovatsion g‘oyalarni amaliy hamkorlik loyihalariga aylantirish masalalari muhokama qilindi.
Anna Hong O‘zbekistonning texnologik va innovatsion salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surish, yetakchi startap asoschilari, texnologiya kompaniyalari rahbarlari hamda investorlar bilan yangi aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.






