Keiretsu Forum’ning Seattle Chapter yig‘ilishi doirasida tashkil etilgan fireside chat davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda mamlakatning jadal kengayib borayotgan investitsiyaviy imkoniyatlari taqdim etildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston iqtisodiyotining izchil transformatsiyasi, ishbilarmonlik muhitining yaxshilanib borayotgani, xususiy sektor ulushining kengayishi, shuningdek texnologiyalar, ishlab chiqarish, energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va boshqa istiqbolli tarmoqlarda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
AQSh kompaniyalari, investorlar va tadbirkorlari O‘zbekistonga nafaqat yangi va istiqbolli bozor, balki uzoq muddatli va ishonchli iqtisodiy hamkor sifatida qarashga, mamlakatga investitsiya kiritish, biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zbekistonlik kompaniyalar va innovatorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik o‘rnatishga taklif etildi.
Asosiy xabarimiz oddiy: O‘zbekiston biznes uchun ochiq, yangi hamkorliklarga tayyor va AQShning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy hududi bilan amaliy iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor.
Bosh konsulxona AQSh va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi yangi aloqalarni aniq investitsiyaviy va biznes loyihalarga aylantirishga ko‘maklashishga tayyor.








