O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasida The National Bureau of Asian Research (NBR) prezidenti Michael Wills bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida bugungi kundagi murakkab global vaziyatga qaramay, Markaziy Osiyoda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda kuzatilayotgan misli ko‘rilmagan ijobiy o‘zgarishlar alohida qayd etildi.
Mintaqa davlatlarining o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, barqarorlikni ta’minlash hamda Markaziy Osiyoni xalqaro maydonda ishonchli va barqaror hamkor sifatida mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va transformatsiya jarayonlari, Markaziy Osiyodagi o‘zgarib borayotgan mintaqaviy dinamika hamda muhim global jarayonlar atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro muloqot va hamkorlikni izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.






