Sietl shahrida Hindiston Bosh konsuli Prakash Gupta, Koreya Respublikasi Bosh konsuli Seo Eunji, Taypey Iqtisodiy va madaniy vakolatxonasi bosh direktori May Lin, Jahon savdo markazining Sietldagi bo‘limi (World Trade Center Seattle) hamraisi John Oppenheimer hamda direktori Faith Eadson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida hamkorlikni rivojlantirishning mavjud salohiyati, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda o‘zaro almashinuv va muloqotni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xususan, diplomatik vakolatxonalar va biznes tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, tadbirkorlar o‘rtasida yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadbirlar tashkil etish hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar muntazam muloqotn






