O‘zbekiston va AQSh yoshlari o‘rtasida ta’lim almashinuvlari kengaymoqda
O‘zbekistonning Vashington shtatidagi Bosh konsuli Ahror Burhonov “Foundation for International Understanding Through Students” (FIUTS) tashkiloti ijrochi direktori Aleks Radi bilan uchrashdi. Muloqotda yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, qisqa muddatli ta’lim dasturlari va o‘zaro tanishuv safarlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. FIUTS xalqaro ta’lim va madaniy almashinuv dasturlarini amalga oshirib, xorijiy yoshlarning AQSh universitetlari, kompaniyalari va mahalliy…
