Oʻzbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Amerika – Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni qabul qildi. Uchrashuv avvalida Marko Rubio davlatimiz rahbariga AQSh Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Asosiy eʼtibor Oʻzbekiston – AQSh…

Read more

O‘zbekiston Artemida bitimlarini imzoladi

Bugun Samarqand shahrida ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Oy, Mars, kometalar va asteroidlardan tinchlik maqsadlarida foydalanish hamda ularni tadqiq etish bo‘yicha hamkorlik tamoyillarini belgilovchi Artemida bitimlarini imzoladi. Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat O‘zbekistonning NASA va boshqa ishtirokchi davlatlar kosmik agentliklari bilan hamkorligini kengaytirish, milliy kadrlarni…

Read more

Baxtiyor Saidov Marko Rubio bilan muloqot o‘tkazdi

Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekiston–AQSh Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, ushbu mexanizm ishga tushirilishi ikki davlat munosabatlarini izchil rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. Mamlakatlarimiz Rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish, savdo va investitsiyalarni kengaytirish, energetika, muhim minerallar…

Read more

AQSH davlat kotibi Samarqandga keldi

AQSH davlat kotibi Marko Rubioni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va boshqa rasmiylar kutib oldi. Marko Rubio Samarqandda “Markaziy Osiyo – AQSH” (C5+1) formatidagi vazirlar uchrashuvida mintaqadagi hamkasblari bilan AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSH davlat…

Read more

O‘zbekistonda sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Nuvini Group kompaniyasining sun’iy intellekt bo‘yicha bosh direktori (Chief AI Officer) Phoebe Wang bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalariga ixtisoslashgan ma’lumotlar markazlarini (AI Data Centers) tashkil etish, ularning infratuzilmasini rivojlantirish va amaliyotga joriy etish, shuningdek, ushbu istiqbolli yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish…

Read more

O‘zbekiston mahsulotlarini AQSh bozoriga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasida Matison International Export Import Company LLC kompaniyasi prezidenti Kyle Matison bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida O‘zbekiston mahsulotlarini AQSh bozoriga olib kirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda eksport yo‘nalishida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Amerika kompaniyasi qurilish materiallari, alyuminiy mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari importiga…

Read more

O‘zbekiston va AQShning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasi o‘rtasida texnologiya va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari B.E.L.L.E. Community tashkiloti hammuassisi va rahbari Anna Hong bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekiston va AQShning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi yetakchi texnologiya kompaniyalari, startap ekotizimi hamda investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, istiqbolli innovatsion g‘oyalarni amaliy hamkorlik loyihalariga aylantirish masalalari muhokama qilindi. Anna Hong O‘zbekistonning texnologik va innovatsion…

Read more

O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari Keiretsu Forum’da taqdim etildi

Keiretsu Forum’ning Seattle Chapter yig‘ilishi doirasida tashkil etilgan fireside chat davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda mamlakatning jadal kengayib borayotgan investitsiyaviy imkoniyatlari taqdim etildi. Muloqot davomida O‘zbekiston iqtisodiyotining izchil transformatsiyasi, ishbilarmonlik muhitining yaxshilanib borayotgani, xususiy sektor ulushining kengayishi, shuningdek texnologiyalar, ishlab chiqarish, energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va boshqa istiqbolli tarmoqlarda xorijiy investorlar uchun…

Read more