O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar

7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Donald Trampni AQSh mustaqilligining 250 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi. Prezident Tramp, o‘z navbatida, O‘zbekiston-Amerika munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga yetganini hamda ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida ishonchga asoslangan yaqin muloqot o‘rnatilganini ta’kidladi.…

Read more

“Oracle” bilan sun’iy intellekt va raqamli innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

6-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsuli Ahror Burhonov Oracle Corporation kompaniyasining generativ sun’iy intellekt xizmatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Jun Qian bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan raqamli va innovatsion ekotizimi, generativ sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish, raqamli ta’lim, startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologik infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda davlat…

Read more

SeaTac shahrida O‘zbekistonning ilk Savdo uyini ochish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari SeaTac shahri boshqaruvchisi Jonathan Young bilan ochiq va mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar. Muloqot davomida O‘zbekistonning SeaTac shahri, Katta Sietl hududi va AQShning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy qismi bilan aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri SeaTac shahrida O‘zbekistonning ilk Savdo uyini ochish imkoniyati bo‘ldi. Mazkur tashabbus o‘zbek…

Read more