PNRI Genetics vakili bilan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari PNRI Genetics vakili Erick Rabins bilan uchrashdilar. Muloqot davomida ilmiy g‘oya va tadqiqotlarni muvaffaqiyatli biznes loyihalariga aylantirish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda O‘zbekistonni Vashington shtati va boshqa hududlardagi ilg‘or kompaniyalar va investorlar bilan bog‘lash imkoniyatlari muhokama qilindi. O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi qayta tiklanuvchi energiya, biotexnologiya, zamonaviy qishloq xo‘jaligi…
