B.E.L.L.E. hammuassisi bilan innovatsiyalar va tadbirkorlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasida B.E.L.L.E. tashkiloti hammuassisi Lenka Huang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida innovatsiyalar, tadbirkorlik hamda O‘zbekiston va AQShning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy hududi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar…
