Turkiy dunyo bilan yagona intellektual makon sari: Renessans davrining yangi ilmiy integratsiyasi
Markaziy Osiyo davlatlari va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi soʻnggi oʻn yillik ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda ilmiy-maʼrifiy munosabatlar bu mintaqadosh strategik sheriklarning hamkorlik bobida yangilanish davriga qadam qoʻyganliklarini koʻrsatmoqda. Ayniqsa, mintaqa davlatlari Prezidentlarining yangi kelishuvlari va uchrashuvlari natijasida taʼlim transferi, ilmiy kooperatsiya, qoʻshma innovatsion loyihalar va malakali kadrlar tayyorlash tizimi rivojlanib bormoqda. Aytish kerakki, Markaziy Osiyo…

