Bellevue shahri rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi delegatsiyasi Bellevue shahri meri o‘rinbosari Dave Hamilton bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, ta’lim, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Bosh konsulxona Bellevue shahri rahbariyatiga samimiy qabul hamda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qat’iy intilishi…

