Sietlda diplomatik va ishbilarmon doiralar vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Sietl shahrida Hindiston Bosh konsuli Prakash Gupta, Koreya Respublikasi Bosh konsuli Seo Eunji, Taypey Iqtisodiy va madaniy vakolatxonasi bosh direktori May Lin, Jahon savdo markazining Sietldagi bo‘limi (World Trade Center Seattle) hamraisi John Oppenheimer hamda direktori Faith Eadson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida hamkorlikni rivojlantirishning mavjud salohiyati, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda…

Read more

O‘zbekistonning turizm salohiyatini AQSh bozorida ilgari surish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 16-aprel kuni Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari MIR Corporation prezidenti Douglas Grimes va kompaniya vitse-prezidenti Annie Lucas bilan uchrashdilar. MIR Corporation ko‘p yillardan buyon Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohatlarni tashkil etishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya amerikalik sayyohlarga mintaqaning boy tarixi, madaniy merosi va betakror sayyohlik yo‘nalishlarini yaqindan kashf…

Read more

Sietl shahrida Navro‘z bayrami yuqori saviyada keng nishonlandi

Joriy yilning 11-aprel kuni Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi hamda “Sietl–Toshkent birodar shaharlar uyushmasi” hamkorligida Navro‘z bayrami keng ko‘lamda va yuqori saviyada nishonlandi. Mazkur bayram tadbiri Sietl va Toshkent o‘rtasidagi birodarlik munosabatlarining tarixiy ahamiyatini yana bir bor namoyon etib, turli millat vakillarini bir dasturxon atrofida jamladi. Tadbirda 300 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan…

Read more

Toshkent va Sietl o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari Sietl shahri Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Stacey Jehlik bilan uchrashdilar. Suhbat davomida Toshkent va Sietl o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki shaharning ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy va jamoatchilik diplomatiyasi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasini tashkil…

Read more