O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar

7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Donald Trampni AQSh mustaqilligining 250 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi. Prezident Tramp, o‘z navbatida, O‘zbekiston-Amerika munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga yetganini hamda ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida ishonchga asoslangan yaqin muloqot o‘rnatilganini ta’kidladi.…

Read more

“Oracle” bilan sun’iy intellekt va raqamli innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

6-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsuli Ahror Burhonov Oracle Corporation kompaniyasining generativ sun’iy intellekt xizmatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Jun Qian bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan raqamli va innovatsion ekotizimi, generativ sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish, raqamli ta’lim, startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologik infratuzilmani rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda davlat…

Read more

SeaTac shahrida O‘zbekistonning ilk Savdo uyini ochish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari SeaTac shahri boshqaruvchisi Jonathan Young bilan ochiq va mazmunli uchrashuv o‘tkazdilar. Muloqot davomida O‘zbekistonning SeaTac shahri, Katta Sietl hududi va AQShning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy qismi bilan aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri SeaTac shahrida O‘zbekistonning ilk Savdo uyini ochish imkoniyati bo‘ldi. Mazkur tashabbus o‘zbek…

Read more

Korn Ferry bilan o‘zbekistonlik hamshiralarni AQSh tibbiyot muassasalariga tayyorlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari Korn Ferry kompaniyasining vakillari Suellen Tomlinson, Mitul Modi va Liz Bickley bilan samarali uchrashuv o‘tkazdilar. Muloqot davomida O‘zbekistondagi malakali hamshiralarni AQSh tibbiyot muassasalarida ishlashga tayyorlash, ularning kasbiy malakasini tasdiqlash va salohiyatli ish beruvchilar bilan bog‘lash bo‘yicha tizimli mexanizm yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur jarayonda yuqori kasbiy standartlarga rioya…

Read more

World Affairs Council of Seattle bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasida World Affairs Council of Seattle tashkiloti prezidenti va bosh ijrochi direktori Jacqueline Miller hamda jamoatchilik dasturlari va operatsiyalar bo‘yicha direktori Magda Davis bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Vashington shtati o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda keng ko‘lamli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston…

Read more

PNRI Genetics vakili bilan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari PNRI Genetics vakili Erick Rabins bilan uchrashdilar. Muloqot davomida ilmiy g‘oya va tadqiqotlarni muvaffaqiyatli biznes loyihalariga aylantirish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda O‘zbekistonni Vashington shtati va boshqa hududlardagi ilg‘or kompaniyalar va investorlar bilan bog‘lash imkoniyatlari muhokama qilindi. O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichi qayta tiklanuvchi energiya, biotexnologiya, zamonaviy qishloq xo‘jaligi…

Read more

B.E.L.L.E. hammuassisi bilan innovatsiyalar va tadbirkorlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasida B.E.L.L.E. tashkiloti hammuassisi Lenka Huang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida innovatsiyalar, tadbirkorlik hamda O‘zbekiston va AQShning Tinch okeani shimoli-g‘arbiy hududi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar…

Read more

O‘zbekistonning sun’iy intellekt salohiyati Seattle AI Innovation Summit doirasida taqdim etildi

Sun’iy intellekt nafaqat iqtisodiyotlarni o‘zgartirmoqda, balki dunyoning kelajakdagi innovatsiya markazlari qayerda shakllanishini ham belgilab bermoqda. O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari Seattle AI Innovation Summit tadbirida ishtirok etib, dunyoning eng jadal rivojlanayotgan innovatsion ekotizimlaridan biri markazida faoliyat yuritayotgan texnologiya sohasi yetakchilari, tadbirkorlar, olimlar va investorlar bilan fikr almashdilar. Muhokamalarning asosiy mavzusi O‘zbekistonga sun’iy intellekt…

Read more