Oʻzbekistonda xorijiy sayyohlar uchun QQSni qaytarish tizimi yoʻlga qoʻyildi

2026-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy fuqarolar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini (Tax Free) qaytarish tizimi joriy etildi. Yangi tizim sayyohlarga mamlakat hududida xarid qilingan tovarlar uchun QQSni qaytarib olish imkonini beradi. Mablagʻlar naqd pul shaklida yoki bank kartasiga oʻtkazish orqali qaytarilishi mumkin. Naqd pulsiz shakl tanlanganda, mablagʻlar tovar mamlakatdan olib chiqilgandan soʻng 3…

Read more

O‘zbekiston va Sietl shahri o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari Sietl shahar kengashi a’zosi Robert Kettle bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Sietl shahri o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar savdo, investitsiyalar, ta’lim, turizm, madaniy-gumanitar hamkorlik va xalqlar o‘rtasidagi almashinuvlarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, O‘zbekiston va Sietl…

Read more

Vashington shtatida Markaziy Osiyo ruhini asrab kelayotgan noyob maskan

Ayrim maskanlarda go‘zal buyumlar sotiladi, boshqalarida esa go‘zal xotiralar asrab-avaylanadi. Vashington shtatidagi Whidbey orolining Langley shahrida joylashgan “Music for the Eyes” ana shunday betakror maskanlardan biridir. “Music for the Eyes” oddiy savdo do‘konidan ko‘ra kengroq ma’no kasb etib, Markaziy Osiyo va Amerika o‘rtasidagi o‘ziga xos madaniy ko‘prikka aylangan. Tashrif davomida Fred Lundahl bilan samimiy uchrashuv…

Read more

Sietlda “O‘zbek mahallasi” jamoat birlashmasi tashkil etildi

Vashington shtatining Sietl shahri va uning atrofida istiqomat qilayotgan vatandoshlar tashabbusi bilan “O‘zbek mahallasi” jamoat birlashmasi tashkil etildi. Mazkur birlashma Vashington shtati hukumati tomonidan belgilangan tartibda rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vashington shtati davlat kotibi Steve Hobbs idorasi tomonidan ushbu tashabbusning huquqiy e’tirof etilishi Sietldagi o‘zbek jamoasi hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Bugungi kunda Vashington shtatida 3…

Read more

O‘zbekiston va SeaTac shahri o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari SeaTac shahri meri Mohamed Egal bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida ko‘rsatilgan samimiy qabul, ochiq muloqot hamda ikki tomon uchun manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qat’iy intilish uchun mer Mohamed Egalga minnatdorlik bildirildi. Tomonlar O‘zbekiston va SeaTac shahri o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashning keng ko‘lamli istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan, biznes va investitsiyaviy…

Read more

Sietlda O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy uchrashuvi munosabati bilan vatandoshlar tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi binosida O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jahon chempionati doirasidagi tarixiy uchrashuvini birgalikda tomosha qilish munosabati bilan keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Vashington shtatida istiqomat qilayotgan 150 nafarga yaqin vatandosh, mahalliy hokimiyat va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston,…

Read more

O‘zbekiston delegatsiyasining Sietl shahriga tashrifi sermazmun uchrashuvlar va muhim muloqotlarga boy bo‘ldi

O‘zbekiston delegatsiyasining Sietl shahriga tashrifi sermazmun uchrashuvlar, samarali muzokaralar va muhim muloqotlarga boy bo‘ldi. Tashrif davomida Vashington shtati davlat kotibi Steve Hobbs, Sietl shahri merining o‘rinbosari Brian Surratt, Vashington universiteti qoshidagi Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari markazi (CEREAS) rahbariyati hamda akademik doiralar vakillari bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi. Shuningdek, Greater Seattle Partners, davlat idoralari, biznes hamjamiyati…

Read more

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni AQShda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari Koreya Respublikasining Sietldagi Bosh konsuli, tajribali va taniqli professional diplomat Eun-ji Seo bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi mustahkam va uzoq muddatli strategik sheriklik munosabatlari muhokama qilindi. Mazkur munosabatlar ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Tomonlar O‘zbekiston va Koreya…

Read more