Sietl jamoat kutubxonasi bilan madaniy va ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Seattle Public Library ijrochi direktori va bosh kutubxonachisi Tom Fay hamda institutsional va strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Rick Sheridan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekiston va Sietl o‘rtasida madaniy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zbek adabiyoti va madaniyatini mahalliy kitobxonlarga kengroq tanishtirish masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikning dastlabki amaliy qadami sifatida Bosh…

Read more

Vashington shtati Gubernatori Bob Fergusonning O‘zbekiston Respublikasining Sietldagi ilk Bosh konsulxonasi rasmiy ochilish marosimi munosabati bilan yuborgan tabrigi

Assalomu alaykum, azizlar! Men Vashington shtati gubernatori Bob Fergusonman. Vashington shtati xalqi nomidan O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi ochilishi munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llash men uchun katta mamnuniyat va sharafdir. Bilishimcha, bu O‘zbekistonning nafaqat Vashington shtatidagi, balki butun G‘arbiy sohildagi birinchi konsulxonasidir. Shu bois, sizlarni bu yerda qutlab olish barchamiz uchun alohida sharafdir. Shuningdek, Vashington…

Read more

AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi

AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur diplomatik vakolatxona Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida O‘zbekistonning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning faoliyat boshlashi O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yangi Bosh konsulxona O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar…

Read more

O‘zbekiston va South Seattle College o‘rtasida amaliy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi vakillari South Seattle College prezidenti doktor Monica Brown, dekan Ferdinand Orbino va dastur direktori Joydeep Hazra bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida har yili 10 mingdan ortiq talabaga ta’lim beradigan South Seattle College’ning amaliy va mehnat bozori talablariga yo‘naltirilgan ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribasini O‘zbekiston ta’lim muassasalari bilan almashish istiqbollari muhokama…

Read more

NBR prezidenti Michael Wills bilan Markaziy Osiyodagi jarayonlar va global tendensiyalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasida The National Bureau of Asian Research (NBR) prezidenti Michael Wills bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida bugungi kundagi murakkab global vaziyatga qaramay, Markaziy Osiyoda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda kuzatilayotgan misli ko‘rilmagan ijobiy o‘zgarishlar alohida qayd etildi. Mintaqa davlatlarining o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, barqarorlikni ta’minlash hamda Markaziy Osiyoni xalqaro maydonda…

Read more

Black Healthcare Advocate bilan raqamli sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasida Black Healthcare Advocate asoschisi va bosh ijrochi direktori Rashad Hart hamda uning jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida insonlarning uzoq va sog‘lom hayot kechirishiga ko‘maklashishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan sog‘liqni saqlash yechimlari muhokama qilindi. Xususan, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan, foydalanish uchun qulay va keng ommaga mo‘ljallangan raqamli platformaning imkoniyatlariga…

Read more

RIC Enterprises bilan toza energiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari RIC Enterprises kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori doktor Mithra Sankrithi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik toza energiya texnologiyalarini joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, quyosh, shamol va gidrokinetik energiya yo‘nalishlaridagi innovatsion yechimlar hamda ularni mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlariga alohida e’tibor…

Read more

O‘zbekiston turizmi o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi

Butunjahon sayohat va turizm kengashining (World Travel & Tourism Council – WTTC) “Sayohat va turizmning 2026 yilga qadar iqtisodiy ta’sirini o‘rganish” hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda Markaziy Osiyo dunyoning eng tez rivojlanayotgan sayyohlik mintaqasiga aylandi. WTTC o‘z tadqiqotlarini dunyoni 13 ta yirik mintaqaga bo‘lgan holda olib boradi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo turizm sohasini rivojlantirishning…

Read more